Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

2000 dan ziyod tadbirkorlar ajratilgan imtiyozlardan foydalanishdi

02.12.2015 2282

Bugungi kunda mamlakatimizda 80 ming 400 ta yoki jami xususiy biznes vakillarining 81 foizi  xizmatlar sohasida faoliyat ko'rsatmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasining qulayligi shundaki,  bu sohada  qisqa muddatda, kam harajat qilib, ko'p daromadlar olish mumkin. Xususan, bunga  aloqa, moliya, transport, qurilish, turizm xizmatlari va savdo yo'nalishlarini misol keltirish mumkin. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan sohaga oid davlat dasturining  bajarilishi yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanida  bu haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ma'lumki,  sohani rivojlantirish maqsadida  O'zbekiston Prezidentining "2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risi"gi hamda "2013-2016-yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari qabul qilingan.  Ularda belgilangan   vazifalarning amalga oshirilishi natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o'sdi. Agar ushbu ko'rsatkich 2011-yilda 50,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, hozirda 54,5 foizdan iborat bo'lmoqda.  2016-yilda esa, 55,5 foizgacha oshirish kutilmoqda.

-Bundan tashqari, sohada band bo'lganlar bugun jami band aholining 50 foizidan ortig'ini tashkil qiladi, deydi - Iqtisodiyot vazirligi yetakchi mutaxassisi  Baxtiyor Rustamov. - Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan 2000dan ortiq korxonalar dastur doirasida belgilangan imtiyozlardan foydalanmoqda.

Ayniqsa kredit olish bo'yicha berilgan imtiyozlar tadbirkorlarga  qo'l kelmoqda. Masalan, ularga  2012-2015-yillar mobaynida 4167,5 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratilgan.  Xulosa qiladigan bo'lsak, sohaga oid  dasturlarni amalga oshirish hisobidan  O'zbekistonda  jami xizmatlar hajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshdi.  Ijobiy natijalar asosan moliya, qurilish, sog'liqni   saqlash, aloqa va  axborotlashtirish, dasturlash, qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatilmoqda.

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.03.2024 12:04:18

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish