Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari tug'risida O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarori qabul qilindi

13.01.2015 2330

Joriy yilning 7 yanvar kuni Qishloq joylarda namunaviy loyixalar buyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari tug'risida O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarori qabul qilindi.

Ta'kidlash joyizki, 2009—2013 yillar mobaynida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi davlat dasturini amalga oshirish natijasida 159 ta qishloq tumanlarida 1 248 ta kompleks tarzda qurilgan yangi uy-joy massivlari vujudga keltirilib, ularda jami maydoni 4,6 mln kvadrat metrdan ortiq bo'lgan 33,5 mingtadan ko'proq zamonaviy yakka tartibdagi shinam uy-joylar barpo etildi. 1677 km suv ta'minoti tarmoqlari, 1 039 km elektr tarmoqlari, 1 346 km gaz ta'minoti tarmoqlari va 981 km avtomobil yo'llari, shuningdek mingdan ziyod ijtimoiy va bozor infrastrukturasi ob'ektlari foydalanishga topshirildi. Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada tubdan yaxshilash, namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirish, qishloqda transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «Davarxitektqurilish» qo'mitasi va «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi MCHJ tomonidan «Qishloq qurilish bank» ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Ipoteka bank»  Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015 yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi, shuningdek 2016 yilda namunaviy loyihalar bo'yicha uy-joylar barpo etish yuzasidan qurilish ishlariga tayyorgarlik ko'rishning asosiy parametrlari ma'qullandi. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida tuzilgan «Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish» loyihasini ko'p transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirish bo'yicha Hadli bitimga muvofiq 2015 yilda ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan qarzning 100,0 mln AQSh dollarigacha bo'lgan uchinchi transhi berilishi, Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan 2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar va ular bilan birga infratuzilma ob'ektlari qurilishini moliyalashtirish uchun ITBning 100,0 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy mablag'lari ajratilishi ma'qullangani ma'lumot uchun qabul qilindi.

 

13.01.2015 UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 21:45:31

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish