Kuch ishonchda

Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Banklar 'Оbod turmush yili' dasturida faol ishtirok etmoqda

01.04.2013 2412

   Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan "Obod turmush yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda bank tizimining o'rni” mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi.
  Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda 2013 yil – “Obod turmush yili”, deb e'lon etilishi munosabati bilan qabul qilingan umumdavlat dasturida belgilangan vazifalar - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantirish, ish bilan bandlikni, aholi farovonligi va real daromadlarining izchil o'sishini ta'minlash, xalq turmush darajasi va sifatini oshirish, munosib uy-joylar va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish tijorat banklari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda.
  Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, murakkab va mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi o'rin va ta'sirga ega bo'lib bormoqda. Ishbilarmonlar o'z mehnati ortidan munosib turmush sharoitini yaratib, jamiyat farovonligini ta'minlashda munosib ulush qo'shmoqda.
  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o'zgaruvchan bozor talablariga javob beradigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, yangi ish o'rinlari tashkil qilish va aholi daromadlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega va bunga bugungi kunda hech kim shubha qilmaydi.
  Qayd etildiki, tijorat banklari doimiy ravishda kichik biznes sub'ektlarini, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarning biznes rejalarini moliyalashtirish masalalariga katta e'tibor qaratib kelmoqda.
  Ushbu tendensiya joriy yilda ham davom ettirilmoqda. Kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga, avvalambor, ularning biznes loyihalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlashga yetarlicha ahamiyat berilyapti. Soha sub'ektlariga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6 trln. so'mdan oshiqroq miqdorda mablag'lar yo'naltirish yuzasidan zarur choralar ko'rilmoqda.
  Mazkur resurslarning 1,2 trln. so'mini mikrokreditlar tashkil etib, bunda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes rejalarini imtiyozli shartlar asosida moliyalashtirishga 53,5 mlrd. so'mdan ortiq mablag'lar yo'naltiriladi. Oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga yo'naltiriladigan mikromoliyaviy xizmatlar miqdori 110,1 mlrd so'mni tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va qoramol sotib olish uchun shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklariga 106 mlrd. so'm, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun 540 mlrd. so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratish rejalashtirilmoqda.
  Ta'kidlandiki, bu mablag'lar bilan ustivor ravishda ayollar rahbarlik qilayotgan, ayollar mehnatidan foydalanuvchi kichik korxonalarga, chorva mollari va parrandalar, sut mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalar sotib olish, boshlang'ich kapitalni to'ldirish, aholini, shu jumladan ayollar va yoshlarni kundalik sport-sog'lomlashtirish mashg'ulotlariga jalb etish uchun mahallalarda sport zallari tashkil etish, fermer ayollar, ayniqsa ta'lim muasassalarini bitirgan qishloq qizlarining tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan loyihalar moliyalashtiriladi.
  Joriy yilda tijorat banklarining 155,3 mlrd so'mlik kredit mablag'lari evaziga respublikamizning ishchi kuchi ko'p bo'lgan 8 ta tumanida xomashyoni chuqur qayta ishlagan holda va to'liq ishlab chiqarish sikli bilan to'qimachilik komplekslari barpo etiladi, 45 ta tumanida esa tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari tayyorlaydigan ixcham zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil qilinadi.
  Tijorat banklarining investitsiyalari mintaqa korxonalari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini mutahkamlash, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko'zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga ham yo'naltiriladi. Bu yil respublikamiz bo'yicha qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va iste'mol oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko'paytiruvchi yangi korxonalar barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo'yicha 288 loyiha amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga tijorat banklari 47 mlrd so'm ajratmoqda.
  Ma'lumki, mamlakatimizda agrar soha salohiyatini oshirish borasida ham izchil choralar ko'rib borilmoqda. Tijorat banklarining kredit siyosatida ham bu soha alohida e'tiborga olingan. Binobarin,  banklarning 47,6 mlrd so'mga teng kreditlari hisobiga minglab gektar maydonlardagi bog' va tokzorlar qayta tiklanadi, yangilari barpo etiladi.
Bundan tashqari, tijorat banklarining 145,9 mlrd so'm kreditlari hisobiga respublikaning har bir qishloq tumanida kamida 10 ta parrandachilik xo'jaligi, 500 asalari oilasi, har bir mintaqada kamida 30-40 ta baliqchilik xo'jaligi tashkil etiladi. Natijada o'n minglab qishloq aholisi doimiy ish bilan ta'minlanadi.
  O'tgan yili boshlangan “Yosh oilalarga – uy-joylar” dasturi bu yil ham davom ettiriladi. Xususan, shu yil oxirigacha respublika mintaqalarida 105 ta ko'p kvartirali uy-joy quriladi va buning uchun tijorat banklarining 262,3 mlrd. so'mdan oshiq mablag'lari yo'naltiriladi. Shuningdek, “Qishloq qurilish bank” kredit resurslarining asosiy qismi qishloq tumanlarida namunaviy loyihalar asosida 10 mingta yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga sarflanadi.
  Banklar so'nggi paytda qishloq infrastrukturasini o'zgartirish jarayonlarida ham faol ishtirok etmoqda. Bu yil qishloq mavzelarida zamonaviy savdo-maishiy va boshqa turdagi xizmat ko'rsatish ob'ektlarini yaratish uchun 16 mlrd so'm atrofida kredit ajratish mo'ljallanmoqda. Shu bilan birga qishloqlarda yashovchi aholining uzoq muddat foydalaniladigan mahalliy uy-ro'zg'or buyumlarini sotib olishi uchun ajratiladigan iste'mol kreditlari miqdorini 1,3 barobar oshirishni rejalashtirmoqda.     
  Banklar istiqboli jamiyat farovonligi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu bois ular muntazam ravishda ijtimoiy yo'naltirilgan dasturlarini kengaytirib bormoqda. Banklar kelgusida jamiyat va tadbirkorlik rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan, katta ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy loyihalarni qo'llab-quvvatlab bormoqda.
  “Obod turmush yili” Davlat dasturi va kichik biznes tuzilmalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaldagi boshqa bir qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, yaratilgan imtiyozlar, soha sub'ektlari uchun kreditlar ajratish shart-sharoitlarini targ'ib qilish, aholini tadbirkorlik bilan faol shug'ullanishga jalb qilish uchun joylarda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy uchrashuv va seminarlar, biznes-forumlar o'tkazib borilmoqda. Oilaviy byudjetni shakllantirish, tadbirkorlik ko'nikmalarini hosil qilish, yosh oilalarning moliyaviy savodxonligini oshirish, oilaviy biznesni yo'lga qo'yish bo'yicha treninglar tashkil etilmoqda, iqtidorli va faol xotin-qizlarni rag'batlantirish choralari ko'rib borilmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, aholining, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish va aholi bandligini oshirish omili bo'layotgan bunday tadbirlarni yil davomida o'tkazib borish belgilangan.
  Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tijorat banklari filiallari vakillari respublikaning har bir qishloq (mahalla) fuqarolar yig'inlariga biriktirib qo'yilgan. Ular ham tegishli hududlarda muntazam ravishda amaliy uchrashuvlar o'tkazib bormoqda.
  Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, tijorat banklari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining biznes rejalarini faol moliyalashtirish bilan mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosiga, aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlari tashkil qilishga munosib hissa qo'shadi.
 

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 18:10:05

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish