Kuch ishonchda

Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O‘zbekiston Respublikasini 2012-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

25.07.2012 3333

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2012-yilda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish, iqtisodiyotning barcha jabhalarini muvozanatli rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek, 2012-yilda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sish sur’atlarini saqlash uchun mustahkam asos yaratish imkonini berdi.

I. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

2012-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 8,1 foizga oshdi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash orqali ta’minlandi. Bunda inflyatsiya darajasi past ko‘rsatkich – 3,4 foizni, davlat byudjeti profitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foizni va mamlakat tashqi savdo balansining ijobiy saldosi 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiqni tashkil qildi.

Sanoatni yanada rivojlantirish, tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga doir dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat ishlab chiqarish hajmini 7 foizga oshirishni ta’minladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini texnik yangilash jarayonlarini jadallashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini 7,1 foizga ko‘paytirish imkonini berdi.

Ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish va mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmatlar ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalarni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni 7,7 foiz, mahalliylashtirilgan mahsulotlarni 25,7 foiz, chakana savdo aylanmasini 12,5 foiz, xizmatlar ko‘rsatishni 14 foiz, jumladan, pullik xizmatlarni 16,2 foizga oshirishni ta’minladi.

Xo‘jalik sub’ektlarining investitsion faolligini rag‘batlantirish, jumladan, xorijiy investorlarga qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar investitsiyalar hajmini 7,6 foiz va qurilish-pudrat ishlarini 8,6 foizga ko‘paytirish imkonini berdi.

2012-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari (2011-yilning shu davridagiga nisbatan foiz hisobida)

Ko‘rsatkichlar O‘sish sur’atlari

Yalpi ichki mahsulot 108,1

Sanoat mahsulotlari hajmi 107,0

Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 107,7

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari 107,1

Qurilish ishlari 108,6

Chakana savdo aylanmasi 112,5

Pullik xizmatlar 116,2

II. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish

2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz bajarishni tashkil etish maqsadida hisobot davrida, jumladan, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini qisqartirish, mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik yangilash, raqobatbardosh mahsulotlar eksportini kengaytirishda korxonalarni rag‘batlantirish hisobidan iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qator dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi dasturni amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida tarmoqlarda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlari yanada chuqurlashtirildi. Hisobot davrida yengil sanoat (o‘sish sur’atlari 2011-yilning shu davriga qaraganda 112,9 foizni tashkil qildi), mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati (108,3 foiz), oziq-ovqat sanoati (108 foiz), qurilish materiallari sanoati (106,5 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati (105,2 foiz) kabi tarmoqlarda jadal rivojlanish kuzatildi.

Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish borasida bajarilayotgan chora-tadbirlar shu yilning birinchi yarmida yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, avtomobil oynalari, konditsionerlar, elektr dazmollar, energiya tejaydigan lampalar, po‘lat va po‘lat quvurlar, tayyor prokat, mineral o‘g‘itlar, oltingugurt kislotasi, sellyuloza, quruq qurilish aralashmalari, laminatsiyalangan plitalar, dorivor vositalar va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni sezilarli darajada ko‘paytirish imkonini berdi. Hisobot davrida Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, qiymati 190 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi.

Energiya resurslarini tejash, texnologik jarayonlar, xomashyo va materiallarni sarflash normalarini oqilona tashkil etish ishlarini amalga oshirish hamda boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobidan yirik korxonalarda mahsulot tannarxini 11,1 foizga kamaytirish ham sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishga yordam berdi.

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida 3892,3 milliard so‘mlik yoki 2011-yilning shu davriga nisbatan 25,7 foiz ko‘p mahsulot ishlab chiqarildi. Ichki yonish dvigatellari, namga chidamli, signalli-blokirovka kabellari, 6 metr kenglikni qamrab oladigan yer tekislagichlar, kristall rodanit natriy, GRAT 700 nasosi, payvandlash flyusi, havo haroratini bir xilda saqlaydigan moslamalarga ega yo‘lovchi tashish vagonlari, DSLAM telekommunikatsiya uskunalari va ADSL modemlari kabi 170 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Natijada import o‘rnini bosish bo‘yicha hisoblab chiqilgan samara 2,1 milliard dollarni tashkil qildi, mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmida eksport ulushi 24,7 foizdan 25,3 foizgacha ko‘paydi.

Hududlarning sanoat salohiyatini oshirish dasturining amalga oshirilishi natijasida shu yilning birinchi yarmida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 7,7 foiz, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini 9,3 va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,4 foizga oshdi.

Paypoqlar, charm buyumlar, gilam va gilam buyumlari, sirlangan idishlar, go‘sht, baliq va meva-sabzavot konservalari, sariyog‘, kichik yoshdagi bolalar uchun quruq sut aralashmalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. Yangi turdagi kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pechlar, gaz plitalari va changyutgichlar, 32 nomdagi yangi dori vositalarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlar eksport salohiyatini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida shu yilning birinchi yarmida Lan-kabellar, energiya tejaydigan lampalar, yuk avtomobillari, avtomobillar uchun jihozlar, bolalar velosipedlari va o‘yinchoqlari, bolalar sport kiyimlari, erkaklar kostyumlari, ustki kiyimlar, sopol plitkalar, sirka atsetaldegidi, uniflok, azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlari, o‘ralgan setka va boshqa yangi turdagi tovarlar eksport qilindi.

2012-yilning birinchi yarmida birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida umumiy oborot hajmi 8,8 foizga o‘sdi. Birja savdolarida yonishdan hosil bo‘lgan mazut, texnik oltingugurt, metall rux, mineral o‘g‘itlar, polietilen sotish hajmi ancha ko‘paydi. Birja savdolarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan tuzilgan bitimlar hajmi umumiy birja aylanmasi hajmining 53,5 foizini tashkil etdi.

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga kredit ajratish hajmini ko‘paytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyoz va rag‘batlarni taqdim etish evaziga ushbu sohani rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid ko‘rilgan chora-tadbirlar xizmatlar ko‘rsatish hajmini 14 foizga, jumladan, pullik xizmatlar ko‘rsatishni 16,2 foizga oshirish imkonini berdi. Buning natijasida yalpi ichki mahsulotda xizmatlar ulushi 2011-yilning birinchi yarmidagi 48,3 foiz o‘rniga 52,2 foizni tashkil qildi. Hisobot davrida aloqa va axborotlashtirish (2011-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 26,9 foiz), sayyohlik (22,8 foiz), maishiy (22,6 foiz) va moliya xizmatlari (16 foiz) rivojlandi.

2012-yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, bank tizimi resurs bazasini kengaytirish va banklarning investitsiya faolligini kuchaytirish doirasida bank tizimining jami kapitali 2011-yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga, ularning jami aktivlari 30,3 foizga, mijozlarning bankdagi jalb etilgan depozitlari 30,5 foizga oshdi.

*III. Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini
modernizatsiya qilish va texnologik yangilash jarayonlarini jadallashtirish*

Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 9979,6 milliard so‘mni tashkil qildi va solishtirma narxlarda 7,6 foizga oshdi. Korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmi 2011-yilning shu davriga qaraganda 1,3 barobar, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari hisobidan 1,5 barobar, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash jamg‘armasi kreditlari hisobidan 5,2 barobar, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,3 barobar o‘sdi.

Tijorat banklari resurs bazasining ko‘payishi iqtisodiyot real sektori korxonalariga kredit ajratish hajmini 1,3 barobar oshirish imkonini berdi. Bunda muddati bir yildan ortiq uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari hajmi ham 30,5 foizga oshdi. Ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun qiymati 2,6 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 1,3 barobar o‘sdi.

Yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar sarflayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 aprelda qabul qilingan 4434-farmoni bilan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash orqali avvalambor, respublika mintaqalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Umuman, shu yilning o‘tgan davri mobaynida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi va ularning 80 foizdan ortig‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 2012-yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan 46 loyiha, xususan, “Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleksni tashkil etish (II-bosqich – yig‘ish korxonasi)”, “Qalmaqir konini kengaytirish va rekonstruksiya qilish”, “Xizmat ko‘rsatilmaydigan kalsiyli batareyalar ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Radiatorlar, sun’iy havo hosil qilish, shamollatish va isitish tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish”, “Texnologik jihozlar, shtamplar va quyma shakllar ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Osborn Tekstil” xorijiy korxonasida yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish”, “Buxoro energo tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatini modernizatsiya qilish”, “Navoiy shahri aeroportidagi yo‘lovchi terminalini rekonstruksiya qilish”, “Quyi-Mozor” 220 kVli kichik stansiyani rekonstruksiya qilish”, “220 kV yuqori voltli liniyaga ega “Ishtixon” 220 kVli kichik stansiya hamda 110 kV yuqori voltli liniyaga ega 110 kVli “Kon-ruda” kichik stansiyasini qurish” va boshqa loyihalarni amalga oshirish nihoyasiga yetkazildi.

Umuman, respublika bo‘yicha 2012-yilning birinchi yarmida yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati, mashinasozlik sanoatida va boshqa sohalarda jami 530 dan ortiq ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga topshirildi.

Shu yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan umumiy qiymati 25,1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. “UzIrayeKeybl” qo‘shma korxonasi negizida akkumulyator o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish ishlari yakunlandi.

Hisobot davrida qishloq xo‘jaligini texnik va texnologik yangilash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Xususan, ushbu soha sub’ektlariga lizing asosida 546 ta qishloq xo‘jalik texnikasi, shu jumladan, “TL-100”, “Arion-630C ”, “TS-135” markali traktorlar, transport va shudgorlash traktorlari, “Dominator-130” g‘alla o‘rish kombaynlari yetkazib berildi.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida umumiy uzunligi 7,4 ming kilometrlik xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichidagi kollektor-drenaj tarmog‘i, shuningdek, 8 melioratsiya nasos stansiyasi, 391 sug‘orish quduqlari tiklandi, uzunligi 434,5 kilometrlik kollektorlar, 81 vertikal drenaj quduqlari va 8,39 kilometrlik yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta tiklash ishlari yakunlandi.

7,6 ming gektarlik maydonda yangi bog‘lar, shu jumladan, 2,6 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar, 3,8 ming gektar maydonda tokzorlar barpo etildi, 8,5 ming gektar maydonda bog‘lar va 6 ming gektar maydonda tokzorlar qayta tiklandi. Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining 266,8 gektarlik maydonida 9456 issiqxona tashkil qilindi. Hisobot davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 6,3 ming tonna sig‘imga ega 22 yangi sovutish kameralari ishga tushirildi hamda 2 ming tonna sig‘imga ega 3 sovutish kameralari qayta tiklandi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida shu yilning birinchi yarmida 1917,2 ming tonna sabzavot (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 114,5 foiz), 983,8 ming tonna kartoshka (112,5 foiz), 120,9 ming tonna poliz ekinlari (112,2 foiz), 642,8 ming tonna meva (110,4 foiz), 17,6 ming tonna uzum (112,5 foiz) yetishtirildi. Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmi ham 11,7 foiz, shu jumladan, sabzavotlarni qayta ishlash – 14,4 foizga, mevalarni qayta ishlash 7,7 foizga ortdi.

Hisobot davrida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 11,8 ming bosh qoramol parvarish qilish bo‘yicha 406 chorvachilik, 2 million tovuq parvarish qilish bo‘yicha 336 parrandachilik, 333 asalarichilik, 359 baliqchilik xo‘jaliklari, ulardan 342 tasi sun’iy havzalarda tashkil etildi. Tijorat banklari shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga chorva mollari sotib olish uchun qiymati 38,6 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratdi.

Natijada qoramollar umumiy soni 6,3 foizga ko‘paydi hamda 9783,3 ming boshga yetdi. Joriy yilning birinchi yarmida 2011-yilning shu davriga nisbatan go‘sht va sut yetishtirish hajmi 7 foiz ortdi, 1936,2 million dona tuxum (16,8 foiz ko‘p) yetishtirildi.

IV. Infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini jadal rivojlantirish

Shu yilning birinchi yarmida 2012-yilning Investitsiya dasturiga kiritilgan yo‘l qurilishi ob’ektlari bo‘yicha 153,3 kilometr umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi, shundan 126,3 kilometr avtomobil yo‘liga asfalt-beton qoplamasini yotqizish va 27 kilometrida ikki polosali sement-beton yo‘l qurish ishlari amalga oshirildi.

“2011-2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi dasturni amalga oshirish doirasida hisobot davrida 115 kilometrlik temir yo‘l qayta qurildi, 225 ta yuk va 10 ta yo‘lovchi tashuvchi vagon tayyorlandi, bitta yo‘lovchi lokomotivi xarid qilindi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ikkita yangi Boing-767-300ER samolyotlarini ekspluatatsiya qilish boshlandi. Navoiy shahri aeroportida yo‘lovchilar terminalini rekonstruksiya qilish doirasida umumqurilish ishlari va ichki muhandislik tarmoqlarini yotqizish ishlari yakunlandi. “Angren” logistika markazi” YoAJning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan choralar “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashish hajmini 1,3 barobar oshirish imkonini berdi.

Natijada shu yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga qaraganda temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish aylanmasi tegishli ravishda 4,1 va 15,3 foizga oshdi. Yo‘lovchilarni havo transportida tashish hajmi 17,6 foizga, bir reysda uchadigan o‘rtacha yo‘lovchilarning soni 13 foizga ko‘paydi.

Hisobot davrida aholining toza ichimlik suvidan foydalanishini yaxshilash ishlari davom ettirildi, buning oqibatida umuman respublika bo‘ylab 980,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari foydalanishga topishirildi, shundan 865 kilometri qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. 143 qishloq aholi yashash punktlarida 158,3 kilometrlik suv ta’minoti tizimlari tiklandi.

Turar-joy qurilishi uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida mahalliy xomashyo va komponentlardan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan 101 yangi korxona ishga tushirildi. Jumladan, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida 20 ming kub metr zamonaviy penobeton mahsulotlarini ishlab chiqarish, Toshkent viloyatida 72 ming kvadrat metr laminat va MDF ishlab chiqarish, Farg‘ona viloyatida 70 ming tonna sement ishlab chiqarish, 47,9 million dona g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar ishga tushirildi. Bundan tashqari, pishiq g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha 12 korxona modernizatsiya qilindi.

V. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, maksimal darajadagi qulay tadbirkorlik muhitini yaratish

Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi shu yilning birinchi yarmida 13 mingta yangi kichik biznes sub’ektlarining (fermer xo‘jaliklarini hisobga olmaganda) yaratilishiga ko‘maklashdi.

Ayni vaqtda kichik biznes sub’ektlarining aksariyati (64,6 foizi) ishlab chiqarish tarmoqlarida tashkil etildi.

Kichik ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida hisobot davrida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy qiymati 6,3 milliard so‘mlik 35 davlat aktivlari sotildi, 14 mingga yaqin foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlari ijaraga berildi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan 2011-yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p hajmda kredit va mikrokreditlar ajratildi.

Joriy yilning boshidan kichik biznes sub’ektlarida amalga oshirilgan davlat xaridlari hajmi 122,3 milliard so‘mni yoki elektron savdolar orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari umumiy hajmining 92 foizini tashkil etdi. Davlat xaridlari tizimida o‘z mahsulot va xizmatlari bilan 132,2 mingdan ortiq kichik biznes sub’ektlari ishtirok etdi.

Kichik biznes korxonalari mahsulotlari eksportini kengaytirishni rag‘batlantirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 1087,5 million dollarlik yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,1 foiz ko‘p tovar va xizmatlar eksport qilindi.

Umuman olganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kichik biznes ulushining yalpi ichki mahsulotda – 42,6 foizgacha (2011-yilning birinchi yarmidagi 42,2 foiz o‘rniga), sanoatda – 21,2 foizgacha (18,6 foiz), investitsiyalar bo‘yicha – 35,4 foizgacha (30,3 foiz), qurilishda – 75,1 foizgacha (70 foiz), eksportda – 15,2 foizgacha (13,5 foiz), bandlik sohasida – 74,7 foizgacha (74,1 foiz) oshishida o‘z ifodasini topdi.

VI. Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini izchil oshirish

Ish o‘rinlari yaratish dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmi davomida respublika bo‘yicha 510,5 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shundan 345 mingdan ortig‘i (67,6 foizi) qishloq joylarda, jumladan, 62,7 mingtasi ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan 28 tumanda tashkil etildi.

2011/2012 o‘quv yilida kollejlarni tamomlagan bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar doirasida 501,5 ming bitiruvchi “kollej-korxona” tizimi bo‘yicha 92,9 mingta korxona va tashkilotga biriktirildi, 97,3 ming bitiruvchi bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va keyinchalik aniq korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar imzolandi.

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida hisobot davrida oilaviy tadbirkorlikni iqtisodiyotning turli sohalarida rag‘batlantirish, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va oilalar ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Oilaviy korxonaning huquqlari, majburiyatlari, mehnat munosabatlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini yuridik jihatdan mustahkamlaydigan O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining “Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 2012-2013-yillarda shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p xonadonli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

Birinchi yarim yillik davomida yosh oilalarga umumiy qiymati 14 milliard so‘mlik imtiyozli iste’mol va ipoteka kreditlari, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratildi. Umuman “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish uchun shu yilning o‘tgan davrida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 1,1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.

Aholi daromadlarining o‘sishiga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qayd etilgan soliq stavkalarini pasaytirish, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasida nul razryadining bekor qilinishi hamda respublikaning barcha tashkilotlarida birinchi razryaddan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lashning belgilanishi rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi. Natijada hisobot davrida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 19,4 foiz o‘sdi va bu aholi umumiy daromadlarining I yarim yillikda 26,1 foiz o‘sishini ta’minlash imkonini berdi.

2012-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarining izchil, aniq maqsadli amalga oshirilishi, shuningdek, jahon iqtisodiyotida davom etayotgan inqirozli hodisalarning oqibatlarini yumshatish va ta’sirini bartaraf qilish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarning qabul qilinishi 2012-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Islohotlar miqyosini chuqurlashtirish va kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish, maksimal darajadagi qulay ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yaratishga qaratilgan iqtisodiyot raqobatbardoshligini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz aholisi bandligi va daromadlarini oshirish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini 2012-yilda barqaror rivojlantirishni ta’minlashga doir asosiy vazifalar hisoblanadi.

 

UzReport 23.07.2012

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi

Ishbilarmonlik markazi – aholi xizmatida

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

“O‘zmilliybank” AJ: xonatlas milliyligimiz timsoli

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.04.2024 17:33:04

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish