Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

20.11.2012 5323

Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va ob’ektlari mulkchilik shaklini o‘zgartirdi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko‘prog‘i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig‘i, qishloq xo‘jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, tabiiy monopoliyalarning ustunligi hamda monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, korxonalarning va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, umuman mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishni rag‘batlantirish borasidagi tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni shakllantirish bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar hamon hal etilmay qolmoqda.
Shu jihatdan olganda O‘zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunida nazarda tutilgan me’yor va talablarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklashga hamda ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek, nohalol raqobatni, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini sun’iy ravishda oshirish yoki tushirib yuborishni taqiqlashga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Bu ishlarni faollashtirish uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarni jamlash, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning bajarilishini ta’minlaydigan davlat institutlarini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lmish davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xususiy mulkchilik ko‘lamini kengaytirish, monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish hamda real raqobatchilik muhitini shakllantirish, fond bozori, xususan ikkilamchi fond bozorini jadal rivojlantirish, korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Tugatilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda aksiyalar paketlari (ulushlari)ni xususiy mulkka sotish, davlat mulkining xususiy mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlovchi davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakl va usullarini joriy etish, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
eng avvalo, aksiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi o‘sishini rag‘batlantirish hisobiga fond bozori, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining xabardorligini kengaytirish, ularning birja operatsiyalarida faol qatnashuvini ta’minlash, bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda o‘tkazishga to‘liq o‘tish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish;
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari uchun ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;
monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar o‘rnatish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobat cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, monopolistik faoliyatni cheklash va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilib borish;
raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida nohalol raqobatchilikka chek qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamoat tuzilmalari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni birinchi navbatda yangi investorlarni jalb etish, modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini arzonlashtirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, yangi raqobatbardosh mahsulotni o‘zlashtirish hisobiga moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta qurish va bankrot qilish borasidagi funksiyalarni bajarish, sudgacha va sud sanatsiyasini o‘tkazish, bankrot korxonalarning tashqi boshqaruvi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Belgilansinki,
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi organlar, xo‘jalik sub’ektlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijrosi uchun majburiy hisoblanadi.
4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari etib belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi negizida tashkil etilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi;
viloyatlarda va Toshkent shahrida – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari negizida tashkil etilayotgan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining raisini, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’atining qarori bilan, tegishli ravishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qo‘mitaga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod etilsin.
6. Ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-sonli (5-bandi bundan mustasno), “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2005-yil 4-maydagi PF-3603-sonli, “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (7-bandi bundan mustasno) 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2012-yil 13-noyabr
 

3
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 16.04.2024 09:58:40

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish