Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zmilliybank” AJ aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma

13.07.2020 1700

2020 yil 11 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ da bank aksiyadorlarining 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 noyabrdagi PQ-4540-sonli Qaroriga asosan Bankning yuridik shakli o‘zgartirilib, unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilindi. Unga binoan Bankning ta'sischilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (41,5 %) va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (58,5%) etib belgilangan.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Bankning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;
  • Bank Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash;
  • Bank Taftish komissiyasi a'zolarini saylash;
  • Bank boshqaruvi raisi va a'zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari muddatini uzaytirish va boshqa masalalar.

Yig‘ilish davomida Bank rahbariyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti tinglandi. 2020 yil 1 yanvar holatiga "O‘zmilliybank" AJ aktivlari 66,6 trln. so‘mni, kredit portfeli 55,0 trln. so‘mni, xususiy kapitali 13,1 trln. so‘mni, jalb qilingan depozitlari 15,3 trln. so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Ernst &Young” AT MChJ xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan 2019 yil yakunlari bilan bank faoliyatining auditi bo`yicha hisoboti eshitildi. Yil yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan auditorlik хulosasiga asosan, sof foydaning bir qismi dividend sifatida va qolgan qismi ustav kapitalni oshirishga yo‘naltirilishi haqida qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nasritdinxodjaev Omonullo Zabixullaevich Kuzatuv kengashining Raisi sifatida tasdiqlandi.

Kuzatuv kengashining tarkibiga ilk bor mustaqil a'zo sifatida “Old Street Advisory Limited” (London, Buyuk Britaniya) kompaniyasi eksperti Muslimov Elbek qabul qilindi. Elbek Muslimov AQShning Yel biznes maktabini (Yale School of Management) biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan, Citigroup Inc., Deutsche Bank, Goldman Sachs Group xalqaro moliyaviy tashkilotlarida faoliyat yuritgan.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan,  "O‘zmilliybank" AJ boshqaruvi Raisi va a'zolari bilan mehnat shartnomalari muddatini uzaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bank aksiyadorlari tomonidan "O‘zmilliybank" AJ boshqaruv Raisi hamda boshqaruv a'zolari bilan mehnat shartnomalarini uzaytirish bir ovozdan ma'qullandi. 

Yig‘ilishda shuningdek, bankda transformasiya jarayonlarining amalga oshirilishi va bankning 2020 yil uchun istiqbolli ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Yig‘ilish yakunida Kuzatuv kengashi raisi tomonidan "O‘zmilliybank' AJda Korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy talablar bo`yicha takomillashtirish va har chorakda Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazib, bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini muhokama qilib borish vazifalari belgilab berildi.

“O‘zmilliybank” AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqilib muhokama natijalari bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

3
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

Borliqni boricha aks ettirgan ijodkor

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.04.2024 11:00:57

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish