Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O'zbekiston garov reyestri faoliyati 'Doing Business – 2016'

15.04.2016 2438

O'zbekiston garov reyestri faoliyati "Doing Business – 2016" hisobotida "Kredit olish" indikatori bo'yicha 63 pog'ona ko'tarildi.

UzReport.uz

   Mamlakatimizda Markaziy bank huzuridagi «Garov reyestri»  DUK faoliyatini  xalqaro tajribalar asosida yanada rivojlantirish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi  bilan Hamkorlik kelishuvi imzolangan bo'lib, hozirgi paytda ana shu kelishuv doirasida garov reyestrining avzalliklari va imtiyozlarini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizda garov reyestri faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan ham  ishlar olib borilmoqda.

   Reyestr - har bir yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuziladigan shartnoma asosida ma'lumot  kiritish uchun garov reyestriga kirish, shuningdek, undan real vaqt rejimida, shu jumladan, internet axborot tarmog'i orqali foydalanish imkoniyatini beruvchi manbaa hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha,  bu yil  garov reyestri foydalanuvchilariga yozuvlarni kiritish va garov reyestri bilan ishlashda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqish  ko'zda tutilmoqda.

   Shuningdek,  «Garov reyestri»  DUK rasmiy saytidagi («garov.uz») ma'lumotlar bazasi yanada kengaytirilishi, bu esa o'z navbatida undan foydalanuvchilar sonining  ortishiga xizmat qiladi. Qolaversa, garov reyestri foydalanuvchilariga yozuvlarni kiritish va garov reyestri bilan ishlashda yanada qulayliklar yaratish uchun dasturiy ta'minotlar yaratiladi. Ma'lumotlarga ko'ra,  o'tgan yil davomida 17 ta foydalanuvchi baza ro'yxatidan o'tkazildi va ularning soni 132 taga yetdi.

   Bugungi kunda barcha tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar, shuningdek, boshqa korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar garov reyestri xizmatlaridan foydalanishmoqda. Markaziy bankning  ma'lum qilishicha, 2015-yilda  foydalanuvchilar tomonidan garov reyestriga 118 mingdan ziyod yozuvlar kiritilib ularning qariyb 14 mingtasiga o'zgartirishlar kiritilgan. Garov majburiyatlari bajarilgandan so'ng 27 mingga yaqin yozuv garov reyestridan chiqarilgan.

   Shuningdek, foydalanuvchilarga yozuvlar bo'yicha garov reyestridan 1,7 mingdan ortiq ko'chirmalar taqdim etilgan. Natijada, 2015-yil davomida garov reyestriga ta'minot sifatida qabul qilingan 318,5 mingta mol-mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari to'g'risida yozuvlar kiritildi. Qayd etish lozimki, Xalqaro moliya korporatsiyasining ekspertlari tomonidan O'zbekistonda garov reyestrini rivojlantirish bo'yicha erishilgan natijalar yuqori baholandi hamda ushbu ijobiy o'zgarishlar Jahon bankining «Doing Business – 2016» hisobotida mamlakatimiz «Kredit olish» indikatori bo'yicha 63 pog'ona ko'tarilishiga asosiy omil bo'ldi.

UzReport.uz

   

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.03.2024 04:48:51

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish