Kuch ishonchda

Background
Solfy muddatli to'lov kartasi
Foizsiz to'lash bilan xarid qilish
Batafsil
Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O'zbekiston va Latviyaning ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazildi

16.11.2015 2140

Poytaxtimizda joriy yilning 12-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o'ratasida ikki mamlakat ishbilarmonlar doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tdi. 

Unda  latviyalik ishbilarmonlarga mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning muhim yo'nalishlari haqida ma'lumot berildi. Shu o'rinda aytish joiz, O'zbekiston bilan Latviya o'rtasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. Savdo-sanoat, sarmoya, transport va transport kommunikatsiyalari, sayyohlik, standartlashtirish, fan-ta'lim kabi ko'plab sohalar bo'yicha hamkorlikka oid bitimlar imzolangan. Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohasida O'zbekiston bilan Latviya o'rtasida eng ko'p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan.

Ma'lumot o'rnida  aytish lozim, O'zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik "Iqtisodiy va sanoat hamkorlik tog'risida", "Investitsiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risida"gi, "Havo xabarlari to'g'risida"gi, "Xalqaro avtomobil xabarlari to'g'risida"gi, "Temir yo'l transporti sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi, "Turizm sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi, "Energiya zahiralarini yangilash sohasida hamkorlik qilish to'g'risida"gi va boshqa Hukumatlararo va Idoralararo bitimlar asosida tartibga solinib turiladi. Delegatsiya a'zolari qayd etishganidek, mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi muntazam oshmoqda.

Andris Kulbergs – tadbirkor (Latviya)

- Men chiqindi yig'ish texnikasi sohasida ishlayman. Kecha biz respublikangizdagi ba'zi korxonalarning vakillari bilan uchrashishga ulgurdik. Ayni paytda uzbek kompaniyalari bilan bizning texnikalarni sizlarni korxonalaringizda mahalliylashtirish haqida muzokaralar olib boryapmiz. Bu ham bizning, ham sizning mamlakatingizga foydali bo'ladi. Ya'ni siz yangi ish o'rinlari yaratish, biz esa o'z mahsulotimizni O'zbekistonga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Ma'lumot o'rnida o'rnida aytish joiz, O'zbekiston va Latviya o'rtasidagi ikki yoqlama Tovar ayirboshlash hajmi 2014-yilda 245,7 mln.dollarni, joriy yilning 9 oyida esa 134,1 mln. dollarni tashkil qildi. Mamlakatimizda  Latviya investorlari ishtirokida 32 ta korxona o'z faoliyatini yuritmoqda. TIAISV da 16 ta Latviya kompaniyasi ro'yhatdan o'tgan.

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 19:32:28

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish