Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

Respublikamizning barcha hududlarida 894 ta zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilmoqda

10.02.2014 2745

UzReport 10.02.2014

     O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2013 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalariga bag'ishlangan kengaytirilgan hay'at majlisi bo'lib o'tdi.
     Unda vazirlik hay'at a'zolari, markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari, vazirlik tizimidagi respublika tashkilot va muassasalar rahbarlari, viloyatlar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliklari, madaniyat, san'at va olimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari ishtirok etdi.
     Vazirlik Axborot xizmatining xabariga ko’ra, yil davomida vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan milliy bayramlar, muhim sanalarda aholi va yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlari maqsadida 626 ta konsert tomoshalari, shundan 334 tasi qishloq joylarda, 60 tasi bolalar va o'smirlar hamda kam ta'minlangan oilalar uchun bepul namoyish etildi.
     Shuningdek, madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bog'lari, hayvonot bog'lari, muzeylar tomonidan 76 mingdan ziyod tadbir o'tkazilgani ham aholi, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma'naviyatini yuksaltirish, qolaversa madaniy hordiq chiqarishlariga omil bo'ldi.
     Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq respublikaning barcha hududlari, ayniqsa, olis qishloq joylarda zamonaviy 894 ta madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishiga kirishilgani, 2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog'larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida Madaniyat va istirohat bog'larida keng ko'lamda bunyodkorlik ishlarining olib borilayotgani muhim ahamiyatga ega.
     Shu o’rinda Buyuk ipak yo'lining O'zbekiston hududida joylashgan 9 ta obida umumjahon madaniy va tabiiy merosi ro'yxatiga kiritish uchun 2013 yilda YUNESKOga taqdim etilgani ham bu borada olib borilayotgan salmoqli ishlar samarasini ko'rsatadi.
     Xususan, YUNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini inventariztsiya qilish” loyihasi doirasida respublikamiz hududlarida o'tkazilgan kompleks ilmiy ekspedtsiyalarda 240 turdagi an'anaviy musiqali audioyozuvlar va 4 mingdan ziyod foto materiallar to'plandi.
     Afsona, rivoyat, xalq qo'shiq va o'yinlari, udum va odatlari kabi yo'nalishlarda juda ko'p yo'q bo'lib ketayotgan qimmatli ma'lumotlar yozib olinib, 77 ta nomoddiy madaniy meros obyekti milliy ro'yxatga kiritildi.
     Shuningdek, 2013 yil davomida jami 10 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirlari o'tkazilib, ularga 2,3 mln. nafarga yaqin ishtirokchi jalb etildi, shulardan 961 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.
     Voyaga yetmaganlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida joylarda 8237 ta ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi.
     E'tirof etilganidek, 2013 yilda noolimpiya sport turlari bo'yicha jami 33 ta xalqaro, 4 ta osiyo, 51 ta respublika chempionatlari o'tkazildi. Ushbu xalqaro va osiyo chempionatlarida 79 ta oltin, 31 ta bronza, 37 ta kumush jami 147 ta medal sportchilar tomonidan qo'lga kiritildi. Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha o'tkazilgan 206 ta xalqaro musobaqalarda hamda 51 ta o'quv-mashg'ulotlari yig'inida jami 2011 nafar, shundan 643 nafari sportchi qizlar ishtirok etishib, 276 ta oltin, 250 ta kumush, 268 ta bronza jami 794 ta medallarni qo'lga kiritishga musharraf bo'ldi.
     2013 yilda respublikamizda olimpiya sport turlari 14 ta xalqaro musobaqalar o'tkazilgani yurtimizda sportning rivojiga qaratilayotgan yuksak e'tiborning natijasidir.

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 21:45:31

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish