To'lov jadvali
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Kuch ishonchda
Arizani tezkor ko'rib chiqish
Oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim tashkilotlarining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllari boʻyicha bakalavriat va magistratura yoʻnalishlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan, shuningdek, oʻqishini koʻchirayotgan talabalarga ajratiladi.
Kredit muddati
O’qish davridan kelib chiqqan holda 162 oygacha
Imtiyozli davr
O’qish muddati+6 oy
Kredit summasi
To’lov-kontraktda belgilangan summa
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga asosiy qarzi talabaning rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish sharti bilan beriladi. Kredit uchun foizlar kredit ajratilganidan boshlab hisoblanadi va to’lab boriladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi.
Foiz stavkasi
Krеdit summasining 125 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlari taqdim etilishi mumkin:
uchinchi shaxs kafilligi;
kredit qaytmaslik xatarini sugurta qilinganligi bo‘yicha sugurta polisi;
mol-mulk garovi;
kredit oluvchining pasporti yoki ID kartasi;
talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oila farzandlari uchun);
krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar. “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishida ta`minot talab etilmaydi.
Oy | Asosiy qarz | Kredit bo'yicha foiz | To'lovning umumiy miqdori | Qoldiq |
---|
Hisob-kitob yalpi ko'rinishga ega. Oylik to'lovning aniq summasi Bank tomonidan ariza ko'rib chiqilganidan so'ng aniqlanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 18.03.2023 10:47:32
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.
Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy
Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha
Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.