Kuch ishonchda

Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O’zmilliybank: 2020 yil natijalari va 2021 yilga Istiqbolli rejalar

16.01.2021 1947

“O’zmilliybank” AJ Boshqaruvining joriy yil 16 yanvarda o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishida 2020 yil natijalari va 2021 yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Yig’ilishda dastlab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirib o’tilgan barcha vazifalarga to’xtab o’tilib, bank faoliyatida ular ijrosini ta'minlash borasida ish rejalari tasdiqlanganligi va unga muvofiq tegishli ishlar olib borilishi qayd qilib o’tildi.

Shu bilan birga, yig’ilish davomida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida joriy yil 11-16 yanvar kunlari “Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish yuzasidan o’tkazilgan o’quv-amaliy seminar natijalari, unda olingan bilim va tajribalarni  bankning barcha filiallari xodimlariga yetkazish, hududlarda shu kabi o’rganishlarni o’tkazishda berilgan tavsiyalarga to’liq amal qilish vazifalari berildi.

2020 yil yakunlari bilan bank aktivlari 79,8 trln. so’mni tashkil etib, kredit portfeli 65,6 trln. so’mni, jami depozitlar 17,2 trln. so’mni shundan, yuridik mijozlar depozitlari 12,7 trln. so’mni tashkil qildi.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun aylanma mablag’ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 5,3 trln. so’m miqdorida kreditlar ajratildi va 210 ming ta mijozning 5,1 trln. so’m asosiy qarzi hamda 560,0 mlrd. so’m foiz to’lovlari muddatlari uzaytib berildi.

Hisobot yilida bank faoliyatining barcha yo’nalishlari tahlil qilinib tegishli hisobotlar eshitildi, bajarilgan ishlar taqdimotlari o’tkazildi.

2020 yil davomida bank tomonidan jami 885 ta loyihalar, shundan, hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq 514 ta hamda 25 ta yirik loyihalar moliyalashtirildi. Jumladan, Toshkent shahrida “Texnopark” MChJda maishiy uy-ro’zg’or texnikalari (muzlatkichlar, kondisionerlar, kir yuvish mashinalari, suv nasoslari va gaz xisoblagichlar) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.




Navoiy viloyati G’ozg’on shahrida 37 gektar yer maydonida tabiiy toshlarni qazish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Marmarobod” yirik klaster loyihasi ishga tushirildi.





Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanida yillik quvvati 6800 tn bo’lgan “Shomanay Eco Teks” MChJ hamda Jizzax viloyati Zomin tumanida yillik quvvati 5000 tn bo’lgan “Ostex Jizzakh” MChJ QK yirik zamonaviy ip-yigiruv korxonalari ishga tushirildi.







"O’zbekiston Temir yo’llari" aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shaxrida yer usti halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo’lgan «Do’stlik-2 – Qo’yliq» yo’nalishi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etilgan. Yangi yo’nalishning uzunligi 11,5 kilometr.




Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida “Sub-dry” jamiyatining qishloq xo’jalik mahsulotlarini sublimasiya yo’li bilan quritishni tashkil qilish loyihasi.




Yig’ilishda bankni 2021 yilda strategik rivojlantirish bo’yicha belgilangan istiqbolli rejalarga alohida to’xtalib o’tildi.

2021 yil uchun belgilab olingan rejalarga muvofiq yil yakuniga qadar “O’zmilliybank” AJning umumiy aktivlari hajmini 91,7 trln. so’mga va bankning kredit portfelini 77,1 trln. so’mga hamda jami yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari qoldig’i 17,8 trln. so’mga yetkaziladi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash, samarali loyihalarni moliyalashtirish maqsadida, 2021 yilda bank tomonidan jami 540 ta loyihaga 16,5 trln. so’m kreditlar ajratiladi.

Bunda, 27 ta yirik loyihaga – 8,8 trln. so’m, hududlarni rivojlantirish dasturlaridagi 371 ta loyihaga – 6,5 trln. so’m va boshqa yo’nalishlardagi 142 ta loyihaga – 1,2 trln. so’m bank kreditlari ajratiladi. Jumladan,

Aholi punktlariga aloqa xizmatlarini yetkazish va ijtimoiy ob'ektlarni global internet xizmatlari bilan ta'minlash maqsadida “Universal Mobile Sistem” jamiyati loyihasi;

Termiz halqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasi;

Jizzax viloyati Forish tumanida qo’rg’oshin va sink zahiralariga ega “Uch quloch” ruda konini o’zlashtirish loyihasi;

Nurafshon shaxrida “Nurafshon maxsus texnika” jamiyatida maxsus va xalq xo’jaligi uchun maxsus texnikalarni ishlab chiqarish loyihasi;

“Oxangaronsement” jamiyati tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha sanoat klasterini yaratish loyihasi va boshqalar.

Yig’ilishda Bankning respublika apparatidagi tarkibiy tuzilmalari rahbarlariga filiallar xodimlari malakasini oshirish, yosh kadrlarni qayta tayyorlash, “maxallabay” o’rganishlarni olib borish tartiblarini o’rgatish maqsadida, o’quv uslubiy seminarlari, vebinarlar o’tkazish reja grafiklarini ishlab chiqish hamda ularni sifatli tashkil qilish topshiriqlari berildi.

Bank filiallari boshqaruvchilari va Bosh ofisdagi tarkibiy tuzilmalari rahbarlariga 2021 yil uchun belgilab olingan vazifalar ijrosini ta'minlash, mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim qilish ishlarini amaldagi qonunchilik hujjatlariga to’liq rioya qilgan holda olib borish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.


1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

Borliqni boricha aks ettirgan ijodkor

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.04.2024 13:01:22

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish