Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Qo'shimcha to'lovlarsiz qismlarga bo'lib sotib oling
Ustama narxlarsiz, 0 so’m boshlang’ich to’lov, 12 oygacha. O’zbekiston bo’ylab minglab do’konlar.
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

“O‘zmilliybank” Tasviriy san'at Galereyasida Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

01.06.2023 554

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. 

O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Ushbu masalalarni kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik” partiyasining XI sezdidagi nutqida 

“Dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, insonning, shaxs kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlar jamiyat taraqqiyotida asosiy rol' o‘ynaydi.  

Bu haqda so‘z yuritganda, donishmandlarning “Har qaysi insonning qalbida bir quyosh bor, faqat unga nur sochish imkonini berish kerak”, degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir. 

Chindan ham, insondagi aql-zakovat, iste'dod va qobiliyat quyosh kabi nur sochib, uning yo‘lini yoritsa, buning uchun imkoniyat yaratilsa, jamiyatda o‘sish, o‘zgarish va ravnaq bo‘ladi. 

Xalqaro ekspertlar bilan birga o‘tkazgan tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bugun hayotimizdagi mavjud sharoitlar bolalarimizga faqat 60 foiz salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkon berar ekan”, deb ta'kidlab o‘tdilar. 

Shu borada, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yosh avlod - bolalarning salohiyatini va iste'dodini ochib berishga turtki berish maqsadida "O‘zmilliybank" Tasviriy san'at Galereyasida “Ulkan Muvaffaqiyatlar Boshi” (U.M.B.) bolalar studiyasi  faoliyat yuritib kelmoqda. Bolalar studiyasining asosiy maqsadi bolalarga atrofdagi olamning go‘zalligi va uyg‘unligini ko‘ra olishni o‘rgatish, uni idrok etish hamda ifodalay olish qobiliyatini o‘stirishdir. Mashg‘ulotlar davrida bolalar O‘zbekiston Milliy banki to‘plamidan o‘rin olgan mashhur rassomlarning asarlari va dunyo tasviriy san'at merosini namoyon etuvchi xorijiy ijodkorlarning ijodi bilan tanishadilar. O‘zining ijodiy faoliyati davomida 1 iyun' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga alohida tayyorgarlik bilan asarlar yaratadilar. 

       

Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarining samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana har yili “O‘zmilliybank” Tasviriy san'at Galereyasida ham o‘zgacha intiqlik bilan kutib olinadi hamda an'anaga muvofiq bu bayramga bag‘ishlangan ko‘rgazma va konsert dasturi taqdim etiladi. Zero, bu kabi bolalar ko‘rgazmalari va tadbirlari farzandlarimiz salohiyatining o‘sishiga rag‘batlantiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. 

     

Joriy yilning 1 iyun kuni ham xuddi shunday tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazmada Galereyaning “Ulkan Muvaffaqiyatlar Boshi” bolalar studiyasi bilan birgalikda 14 ta san'at maktabi hamda studiyalari, xususan «Art Hameleon», «Barkamol avlod» (Toshkent), «Avokado», «Mehrli maktab», «Sharifart», Art-byuro «Kolibri», «Masterskaya»,  “MorozART” studiyalari hamda 10,18,19,26-sonli bolalar musiqa va san'at maktablari bolalarining 500 ga yaqin ijodiy rasmlari namoyish etilmoqda.

     

Ko‘rgazma ekspozisiyasida “Mening oilam”, “Dunyo xalqlari ertaklari”, “Yurtim tabiati” kabi mavzularda bolajonlar tomonidan yaratilgan noodatiy va o‘ziga xos asarlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu rasmlarda bolalarning ijodiy fantaziyasi, salohiyati va iste'dodi namoyon. Ularda bolalarning o‘z oilasiga, o‘z yurtiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchi sezilib turadi. 

   

Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyatidir. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi. Biz Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda sog‘lom va barkamol farzandlarimiz, bolalarimiz va yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz. Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat va san'at bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bu faoliyatdlarini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratilishini hamisha qo‘llab-quvvatlaymiz. 

     

Ta'kidlab o‘tish joizku, “O‘zmilliybank” Tasviriy san'at Galereyasi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir doimiy ravishda o‘tkazib boriladi va bu go‘zal an'anaga aylangan.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

Borliqni boricha aks ettirgan ijodkor

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 02.05.2024 11:12:55

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish