Mazkur xizmatga ulanish uchun korxonalar, tashkilotlar, xususiy tadbirkorlar quyida keltirilgan bir qator harakatlarni amalga oshirishi kerak:
Milliy bankning protsessing markazida korxonani (merchantni) roʻyxatga olish tartibi, Visa/MasterCard xalqaro kartalar boʻyicha elektron tijorat xizmatlari va toʻlovlarni oʻtkazish sxemasi.
1. Korxona Milliy bank muassasasiga "Xalqaro toʻlov tizimlari kartalari boʻyicha Internet orqali elektron tijorat xizmatlarini taqdim etish Shartnomasi"ni tuzish uchun murojaat qiladi.
2. Bank muassasasi tuzilgan shartnoma nusxalarini va kerakli hujjatlar paketini OʻMBning protsessing markaziga yuboradi.
3. Protsessing markazi korxona uchun tranzit valyuta hisob-raqamini ochadi va uni roʻxatdan oʻtkazadi. Roʻyxatdan oʻtgandan keyin protsessing markazi korxonaga Merchant_ID va Terminal_IDni, shuningdek, elektron tijorat orqali OʻMB veb-saytining plaginiga ulanish boʻyicha yoʻriqnomani taqdim etadi.
4. Korxona oʻz saytida Visa/MasterCard xalqaro kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha boʻlimni yaratadi va stsenariyni belgilab qoʻyadi, unga koʻra, Visa/MasterCard kartalarining rekvizitlarini kiritish bosqichida toʻlovchi tomonidan korxonaning sayti OʻMBning saytiga qayta yoʻnaltiriladi. Toʻlovni amalga oshirgandan keyin toʻlovchi korxonaning saytiga qaytadi, u yerda toʻlov mavaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabar aks ettiriladi.
5. Korxonaning tushgan pullarini bank uning valyuta hisob-raqamiga oʻtkazadi. Mablagʻlar oʻtkazilayotganda Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha komission mukofotlarning tarifiga binoan bankning komissiyasi ushlab qolinadi, va natijada korxona pullarni mazkur komissiya chegirilgan holda oladi.
6. Valyuta hisob-raqamidagi mablagʻlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish boʻyicha meʼyoriy va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.